logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:02
KirishA'zo bo'lish
​Veynaldum: "Klopp van Galga o'xshaydi"

26 DEKABR, 07:29 175

.

"Liverpul" yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum Yurgen Kloppning klubdagi ishi haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Klop har doim o'yin sifatini qanday oshirish mumkinligi haqida o'ylaydi va har bir futbolchidan yaxshiroq o'yin ko'rsatishni uqtirib boradi. U bizga yanada qulay imkoniyat bo'lishi mumkin bo'lgan vaziyatni ko'rsatib beradi. Mashg'ulotlar davomida bizdan nimani kutayotganligini aniq tushuntirib beradi. Yurgen Klopp juda talabchan va o'yin vaqtida fikrni jamlab, qiyin topshiriqlarni bajarishga etibor qaratishimizni so'raydi".

"Hozirgi vaqtda Klopp Lui van Galga o'xshaydi. U ham o'yinchilardan ko'p narsani talab qiladi. Murabbiy barcha futbolchilarni boshqarib turganda har doim ham oson bo'lmaydi. Biroq, ular futbolchini yanada rivojlanishi uchun shu kabi ishlarni qilib borishadi"– deya fikr bildirdi Jorjino Veynaldum.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 30