logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 23:37
KirishA'zo bo'lish
Nainggolan ertaga "Napoli"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi

25 DEKABR, 21:30 114

.

Tartib-intizomga barcha rioya qilishi shart.

Milanning "Inter" klubi bosh murabbiyi Luchano Spalletti tartib-intizomni buzgani uchun yarim himoyachi Raja Nainggolanning A Seriya 18-turida "Napoli"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishini tasdiqladi.

Aytish lozimki, 30 yoshli belgiyalik futbolchi so‘nggi paytlarda jamoa mashg‘ulotlariga tez-tez kech qolib kela boshladi. “Neradzurrilar” rahbariyati esa ohir-oqibat uni jazolashga qaror qildi va ma’lum muddat o‘yinlardan chetlatdi.

“Raja “Napoli”ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi. Afsus, chunki u yaxshi futbolchi edi”, -deydi Spalletti.

Eslatib o‘tamiz, "Inter" - "Napoli" uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 00:30da boshlanadi.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 43