logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:10
KirishA'zo bo'lish
Reklamalar uchun uzr so`raymiz,
Saytga a`zo bo`lsangiz reklamalar ko`rinmaydi!
"Metallurg" Kamoliddin Tojiev va Shavkat Mullajonovni o‘z safiga qo‘shib olganligini e’lon qildi

 25 DEKABR, 19:51 151

.

Bugun “Metallurg” futbol klubi rahbariyati yana ikki nafar tajribali futbolchilar bilan ham dastlabki kelishuvga erishdilar.

Bular “Paxtakor” jamoasi sharafini uzoq yillar himoya qilgan mahoratli himoyachi Kamoliddin Tojiev hamda “Qizilqum”, “Olmaliq”, “Lokomotiv” jamoalaridagi o‘yinlari bilan tanilgan, so‘nggi yillarni “Buxoro” jamoasida o‘tkazgan Shavkat Mullajonovlardir. Bu haqda "Metallurg" matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ayni paytda yangi mavsum tadorigini ko‘rayotgan “Metallurg” tarkibida 35 nafar futbolchi qatnashmoqda. Eslatib o‘tamiz, bekobodliklar mashg‘ulotlarini Qibraydagi o‘quv-mashg‘ulot maskanida olib borishayapti. Dastlabki yig‘in 29 dekbar kuni poyoniga etadi. Ikkinchi yig‘in ham Qibrayda 2019 yilning 5-25 yanvar sanalari oralig‘ida bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng “Metallurg” xorij yig‘iniga otlanadi. Rejaga binoan uchinchi yig‘in 27 yanvardan 11 fevralga qadar Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 2 / 42