logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 08:57
KirishA'zo bo'lish
Bu mavsumninig eng omadsiz transferlari

25 DEKABR, 19:45 469

.

Zamonaviy futbolda omadsiz haridlar tobora ko‘payib bormoqda. Lekin grandlar transferlarda kam xato qilishadi. Ammo guruch kurmaksiz bo‘lmaydi deganlardek topklublar ham bazida xato qilishadi. o‘tayotgan mavsumdagi eng omadsiz transferlarninig bir nechtasini eslatib o‘tamiz Bu mavsumninig eng omadsiz transferlari

Rashid G‘azzol. 14 million Yevro «Monako»dan – «Lester»ga

«Tulkilar» Mahrez o‘rnini shu yo‘l bilan to‘ldirshmoqchi bo‘lishgandi. Afsuski, G‘azzol 14 millionni oqlay olmadi. Unining texnikasi va maydondagi pozisiyasi Riyod bilan bir hil bo‘lishi mumkin, lekin Mahrezninig o‘rnini bosish, hozircha, uninig qo‘lidan kelmayapti.O‘tgan yarim mavsum davomida futbolchi asosiytarkibdagi o‘rnini to‘liq boy berib bo‘ldi.

Tiba Kurtua. 35 million Yevro «Chelsi»dan – «Real Madrid» ga

Kurtua «Chelsi»ni tark etishni juda ham xohladi va bunga erishdi. Afsuski, uning «Real»dagi ilk mavsumi tarqoqlik davriga to‘gri kelib qoldi. Murabbiy o‘zgardi - taktika o‘zgardi. Kurtua qo‘lidan kelgan hamma narsani qiliayotgandek tuyilishi mumkin lekin «Chelsi»dagi ishonchli o‘yinlarini darvozabon deyarliyo‘qotib bo‘ldi. Afsuski, muxlislar ishonchi ham tobora kamayib bormoqda

Malkom. 41 million Evro «Bordo»dan – «Barselona»ga

Yosh Braziliyalik futbolchi o‘ylaganimizdan ancha sekinroq jamoaga moslashmoqda. To‘grisi, uning transfer summasidagi raqamlar muxlislarga ko‘prog‘ini va’da qilayotgandek edi, go‘yo. Ammo Malkom o‘yinlarda yo‘qolib qolmoqda. Sekin-astalik bilan zahiraga qulayroq joylashib olishiga to‘g‘ri keladi. Sababi, «Barsa» hech kimga ikkinchi imkonni bermaydi. Bunday «Katta» jamoalarda hatto super yulduzlarning ham o‘rni kafolatlanmagan. Lekin Malkomnnig yoshini inobatga olsak, hali unda imkon bo‘lsa, ajab emas.

Fred. 59 million Yevro «Shaxtiyor»dan –«Manchester Yunayted»ga

Afsuski, Benazirninig omadsiz haridlaridan yana biri… Fred deyarli asosiy tarkibdan umidini uzib qo‘ygandi. Tajovuzkor va universal yarim himoyachi «tumanli albion» yashil maydonlariga katta umidlar bilan kelgan edi. Afsuski, uningilk mavsumdagi ishlari yurishmayapti.Birorta asistni amalga oshira olmagan Freddan muxlislarning ham ko‘ngli sovib ketdi. Lekin, endigina 25 yoshni qarshilagan Fred uchun hali hammasi oldinda bo‘lishi mumkin. Uning hamma umidi Sulsherdan.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 18