logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:21
KirishA'zo bo'lish
Breaking News: “Metallurg” Server Jeparov bilan kelishuvga erishdi

25 DEKABR, 19:39 185

.

Tajribali futbolchi "Metallurg"da o'ynaydi.

O'zbek futbolining yorqin yulduzlaridan biri, 9 karra O'zbekiston chempioni, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni mamlakatlari chempioni, Osiyo qitasining 2008 va 2011 yillardagi eng yaxshi futbolchisi, O'zbekistonning 2008 hamda 2010 yillardagi eng yaxshi futbolchisi Server Jeparov Bekobodning “Metallurg” jamoasida yangi mavsum tayyorgarligini boshladi.

O'zbekiston milliy terma jamoasida uzoq yillar sardorlik qilgan, hozirgacha milliy terma tarkibida eng ko'p o'yinda maydonga tushgan (126 uchrashuv), 2008 yilgi milliy chempionatimiz to'purari bo'lgan Server Jeparov bilan “Metallurg” futbol klubi rasmiy kelishuvga erishdi.

Futbolchi hamda klub o'rtasidagi shartnoma Jeparovning tibbiy ko'rikdan o'tganidan keyin rasmiylashtiriladi va O'zbekiston professional futbol ligasida ro'yxatdan o'tkaziladi.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 2
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 30