logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:24
KirishA'zo bo'lish
Reshfordga A Seriyadan davogar chiqdi

12 DEKABR, 16:26 140

«MYu» hujumchisi Markus Reshford faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.

Gazzetta dello Sport tarqatgan xabarga ko'ra, 21 yoshli angliyalik «Milan» transfer ro'yxatidan joy olgan. «Rossoneri» sobiq hujumchisi Zlatan Ibrahimovichni jamoaga qaytarishga erisha olmaganidan so'ng bu variant ustida bosh qotirmoqda.

Reshfordning mankunianliklar bilan bitimi 2020 yilgacha mo'ljallangan. U joriy mavsum APLning 13 o'yinida (8 bahsda asosiy tarkibda) qatnashib, 3+5 mahsuldorlik natijasini qayd etdi.

Shu bilan birga, ESPN nashrining malum qilishicha, «Los-Anjeles Gelaksi» Ibrahimovich bilan shartnomani uzaytirish harakatiga tushgan. Amaldagi kelishuv muddati bir yildan so'ng – 2019 yil 31 dekabr sanasida nihoyasiga etadi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 29