logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 22:40
KirishA'zo bo'lish
David Luis «Chelsi»dagi kelajagi so'roq ostida turganini aytdi

10 DEKABR, 22:02 139

«Chelsi» himoyachisi David Luis jamoani tark etishi ehtimoli bor. Goal`ning yozishicha, bunga klubning 30 yoshdan oshgan futbolchilar bilan faqat bir yillik shartnoma imzolash siyosati sabab bo'lishi mumkin.

Braziliyalik futbolchi yakshanba kuni «Manchester Siti» mag'lub etilgan bahsda gol urishga muvaffaq bo'lgandi. U mavsum boshidan buyon Sarrining asosiy tarkibidan o'rin olib kelmoqda. Shunga qaramay, David «aristokratlar» safidagi kelajagi hamon so'roq ostida qolayotganini aytib, klub unga bir yillik shartnoma taklif qilganini tasdiqladi.

«Muzokaralar davom etyapti. Ko'ramiz, kelajakda nima ro'y berarkin», - deb aytdi Luis.

Malumot uchun, 31 yoshli himoyachi bu mavsum APLning 15 o'yinida bitta gol muallifi bo'ldi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 20