logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:01
KirishA'zo bo'lish
«Chelsi» Fabregasning o'rniga «Barsa»dan Denis Suaresni olmoqchi

12 DEKABR, 16:26 106

«Chelsi» mavsum yakunida shartnoma muddati tugaydigan Sesk Fabregasga o'rinbosar izlay boshladi. Voqealar rivoji shunday davom etsa, u etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgani bois klubni kelasi oydayoq tark etishi mumkin.

Daily Mirror`ning chorshanba kungi sonida yozilishicha, «ko'klar» Fabregas o'rniga nomzod sifatida ko'rayotgan futbolchilardan biri «Barselona» vakili Denis Suaresdir. U ham o'z jamoasida doimiy ravishda maydonga tusha olmayapti. Joriy mavsumda Denis La Liganing faqat bir o'yinida, shunda ham zaxiradan maydonga tushdi.

Qayd etilishicha, Suaresning o'zi yanvarda «Barselona»dan ketishni mo'ljallayapti. Uning xaridi 15 mln funtga tushishi mumkin. Ayni paytda «Chelsi» abregasni 11 millionga sotishga tayyorligi ham aytilmoqda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Seskka «Milan»dan qiziqish borligi xabar qilingan edi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 27