logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 20:15
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"MYu"ning taklifi "Atalanta"ni qoniqtirmayapti

 28 IYUL, 2023, 23:33

“Atalanta” hujumchisi Rasmus Xyoylund hali “Manchester Yunayted”ga o'tgani yo'q.

Ingliz giganti daniyalik futbolchini qo'lga kiritishga yana bir urinib ko'rdi va unga 65 million evro taklif qildi (shundan 4 millionga yaqini bonuslar ko'rinishida bo'ladi), deya xabar beradi insayder Alfredo Pedulla.

Bu taklif allaqachon "Atalanta" talablariga ancha yaqin, ammo baribir bergamaskliklar 20 yoshli hujumchini 67-70 million evroga baholamoqda. Qayd etilishicha, bitim taqdiri ko'p jihatdan bonuslarning taklif etilayotgan tuzilishiga bog'liq bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Rasmus Xyoylundga parijliklar ham qiziqish bildirmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR