logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 19:00
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Turin ustida qonliq bulutlar. "Yuventus"ning boshi jarimadan chiqmayapti

 28 IYUL, 2023, 22:55

Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) “Yuventus”ni 2023/24-yilgi mavsum uchun evrokuboklardagi ishtirokini to'xtatdi va klubni jarimaga tortdi.

Tekshiruv natijalariga ko'ra, klub moliyaviy nazorat organi bo'lmish Turin maxsus tashkilotining me'yoriy qoidalarini va 2022 yilning avgustida imzolangan kelishuv bitimi shartlarini buzgan.

Shu munosabat bilan “byankonerilar” bir yilga evrokuboklardan chetlashtirildi va 20 million evro jarimaga tortildi.

Bu summadan 10 million evro shartli ravishda to'lanadi. Ya'ni klub jarimaning bu qismini 2023, 2024 va 2025 moliyaviy yillari uchun hisobotlar UEFA talablariga javob bermasagina to'laydi.

“Yuventus” A Seriyada ettinchi o'rinni egalladi va Konferentsiyalar ligasida o'ynashi kerak edi. Shu tariqa turnirda endi uning o'rniga “Fiorentina” ishtirok etishi kerak.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR