logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:30
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Bernarduga da'vogar klublar sabr qilishlariga to'g'ri keladi

 28 IYUL, 2023, 22:55

"Manchester Siti" yarim himoyachi Bernardu Silvani boshqa klubga o'tishiga yo'l qo'ymaydi.

Portugaliyalik futbolchiga "PSJ", "Barselona" va Saudiya Arabistoni chempionati vakillari qiziqish bildirmoqda.

28 yoshli futbolchini sotib olmoqchi bo'lganlar kamida keyingi yilga qadar kutishlari kerak, chunki Ramon Salmurrining so'zlariga ko'ra, "Manchester Siti" hozirda o'z yulduzini sotishdan umuman manfaatdor emas. Yarim himoyachining biror joyga o'tishi juda dargumon.

Transfermarkt Bernardu Silvaning transfer narxini 80 million evroga baholamoqda. Mish-mishlarga ko'ra, futbolchining o'zi faoliyatini "Barselona"da davom ettirmoqchi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR