logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 00:23
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi turk klubi shartlariga rozi bo'ldi

 28 IYUL, 2023, 22:22

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Fred "Galatasaroy"ga o'tishga yaqin turibdi, deya xabar beradi Sky Sports.

Manba bergan xabarga ko'ra, 30 yoshli braziliyalik turk klubi bilan shartnoma shartlari bo'yicha kelishib olgan.

"Manchester Yunayted"ning Fred o'rniga asosiy maqsadi "Fiorentina" yarim himoyachisi Sofyan Amrabatdir.

Fred 2018 yildan buyon “Manchester Yunayted”da to'p tepadi. 2022/23 yilgi mavsumda u "mankunianliklar" safida barcha turnirlarda 56 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR