logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 20:32
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Xaverts: "Menga hali biroz vaqt kerak"

 28 IYUL, 2023, 22:00

"Arsenal"ning hujumkor yarim himoyachisi Kay Xaverts yangi jamoada o'ynashi haqidagi his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi.

Xabaringiz bor, yozgi transfer oynasida 24 yoshli Xaverts “Chelsi”dan “Arsenal”ga o'tgan edi.

"Albatta, bu erda “Chelsi”da o'ynaganimizdan butunlay boshqacha futbol uslubi bor. Menimcha, bu uslub menga ko'proq mos keladi. Albatta, moslashish uchun har doim biroz vaqt kerak bo'ladi.

Men bu erda bor-yo'g'i ikki yarim hafta bo'ldim. Menga hali biroz vaqt kerak, lekin men yuqori saviyada o'ynash uchun qo'limdan kelganini qilyapman", dedi Havertz ESPNga.

"Arsenal" yangi mavsumdagi ilk rasmiy o'yinini 6 avgust kuni Angliya Superkubogi uchun "Manchester Siti"ga qarshi o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR