logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 07:23
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"RB Leyptsig" bosh murabbiyi bilan shartnomani uzaytirdi

 28 IYUL, 2023, 20:44

"RB Leyptsig" bosh murabbiy Marko Roze bilan shartnomani uzaytirganini rasmiy sayti orqali e'lon qildi.

46 yoshli mutaxassis 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan mehnat shartnomasini imzoladi.

Marko Roze 2022-yil sentyabrida “RB Leyptsig”ni qabul qilib olgandi. Ushbu mutaxassis boshchiligidagi 41 uchrashuvda “buqalar” 5 durang va 8 mag'lubiyat bilan 28 g'alabani tantana qilishgan.

O'tgan mavsumda "RB Leyptsig" Bundesligada uchinchi o'rinni egalladi va Germaniya kubogini qo'lga kiritdi.

Qo'shimcha qilamizki, 12 avgust kuni "RB Leyptsig" Germaniya Superkubogi uchun bahsda "Bavariya"ga qarshi maydonga tushadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR