logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 02:18
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"PSJ" "Barselona" hujumchisini qo'lga kiritishga yaqin

 28 IYUL, 2023, 20:00

"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele "PSJ"ga o'tishga juda yaqin turibdi.

Ijtimoiy tarmoq jurnalisti Fabris Xokinsning fikricha, Liga 1 giganti 26 yoshli frantsuz bilan muzokaralarda jiddiy muvaffaqiyatga erishgan. Manbaga ko'ra, Dembeleni Parijdagi loyiha o'ziga tortmoqda.

Qayd etilishicha, iyul oyi oxirigacha Dembele “Barselona”dan 50 million evro evaziga sotib olinishi mumkin. "PSJ" Kilian Mbappe taqdiridan qat'i nazar, ushbu bandni faollashtirishi mumkin.

Amaldagi mehnat shartnomasi Usmon Dembeleni 2024 yilning iyun oyi oxirigacha "Barselona" bilan bog'laydi.

Frantsiyalik futbolchi "Barsa" uchun 185 ta o'yin o'tkazib, 40 ta gol urgan va 43 ta golga assistentlik qilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR