logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 20:53
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

“Barselona” sobiq himoyachisi Qatarga yo'l oldi

 28 IYUL, 2023, 19:55

“Barsa”, “Selta”, “Sampdoriya” va boshqa klublarning kolumbiyalik sobiq himoyachisi Jeyson Murilo faoliyatini Qatarda davom ettiradi.

32 yoshli futbolchi erkin agent sifatida mahalliy "Ash-Shamal" klubi bilan ikki mavsumlik shartnoma imzoladi, deb xabar beradi uning yangi jamoasi matbuot xizmati.

O'tgan mavsumni A Seriyada o'tkazgan himoyachi "Sampdoriya"ni tark etdi. U milliy chempionatning 20 ta o'yinida gol ura olmagan.

Nufuzli Transfermarkt portali Lotin Amerikasi himoyachisini 1 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR