"Real" Bellingemning Irlandiya pasportini olishini kutmoqda
28 IYUL, 2023, 19:44
Yarim himoyachi Jud Bellingem nafaqat britaniyalik, balki Irlandiya pasportiga ham ega. Madridning “Real” klubi ayni damda elchixonadan Bellingemning Irlandiya pasporti haqiqiy ekanligi tasdiqlanishini kutmoqda. Shundan so'ng Madrid klubi angliyalik futbolchini Evropa Ittifoqi mamlakatlaridan biri deb e'lon qilishi mumkin bo'ladi, deya xabar beradi Marca. "Qaymoqranglilar" uchun Evropa Ittifoqiga a'zo bo'lmagan o'yinchilar uchun qo'shimcha joyni saqlash muhim.
Eslatib o'tamiz, Buyuk Britaniya Evropa Ittifoqini bir necha yil oldin tark etgan.
Jud Bellingem yozgi transfer oynasida Dortmundning "Borussiya"sidan "Real"ga o'tgan edi.