logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 11:48
KirishA'zo bo'lish
Ektor Kuper nima sababdan Vitaliy Denisovni yig'inga chaqirmaganini tushuntirdi

25 DEKABR, 12:01 329

.

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper Osiyo Kubogi uchun tayyorgarlik yig'ini davomida jamoatchilikda paydo bo'layotgan ayrim savollarga javob berib o'tdi.

– Osiyo Kubogiga boradigan 23 futbolchini tanlab olishda asosan nimalarga etibor qaratdingiz? Yig'inlardan ko'nglingiz to'ldimi?

– Bu yig'inga 27 futbolchi bilan keldik, chunki hozir o'yinchilar eng yuqori sport formasida bo'ladigan payt emas – O'zbekistonda futbol mavsumi tugagan. Shuning uchun bazi futbolchilar jarohat olib, safdan chiqishi ehtimoli bor. Buning oldini olish maqsadida 3-4 nafar ko'proq futbolchini olib keldik.

Terma jamoaning o'zagi shakllanib ulgurdi, deyishimiz mumkin. Yig'inga ko'proq futbolchi olib kelib, ular o'rtasida raqobatni ham shakllantirishga erishdik, deb hisoblayman.

Darvozabonlarimizdan to'rt nafari ham hozir alo darajadagi sport formasida. Faqatgina Eldor Suyunov jarohati tufayli kela olmadi. Ulardan kuchli darvozabonlar yo'q, demoqchi emasman. Qaerdadir adashgan bo'lsak, unda bu bizning xatomiz bo'ladi.

Bazi o'yinchilarni bizga bog'liq bo'lmagan sabablar bilan safdan chiqarishga majbur bo'ldik. Ivan Nagaev jarohati sabab chetda qolyapti. U – ajoyib o'yinchi, bundan afsusdaman.

Fozil Musaev jarohatidan yaqinda forig' bo'ldi. Klubida endigina 1-2ta o'yinda maydonga chiqa boshladi. Lekin uning terma jamoa uchun juda kerakli ekanini hisobga olib, individiual mahoratiga ishongan holda – garchi eng yuqori sport formasida bo'lmasa ham – ushbu yig'inga olib kelishga qaror qildik. (Musaev yakuniy ro'yxatdan ham joy oldi – tahr.)

– Vitaliy Denisovning so'nggi yig'inga jalb etilmasligining sababi nimada? Eron bilan o'yindagi xatolarimi, jismoniy holatimi yoki u murabbiy o'yin uslubiga mos emasmi?

– O'yinchilarni har jihatdan tahlil qilib chiqamiz. Uni birinchi yig'inda kuzatdik, bundan keyin ham Rossiya chempionatidagi o'yinlarini ko'rib bordik. Asosiy omil sifatida hozirgi kundagi holatini aytishim mumkin.

Masalan, hozir Denisovni chaqiradigan bo'lsak, uning poziTsiyasida ikki juda yaxshi o'yinchi bor: Farrux Sayfiev va Oleg Zoteev. Denisovni qo'shish uchun ulardan qaysi birini olib tashlashimiz kerak? Qaysidir muxlis Zoteevni ko'rsatadi, boshqasi «Yo'q, Sayfiev kuchliroq» deyishi mumkin. Barchaning fikri har xil. Yakuniy qarorni esa murabbiy qabul qiladi. Agar bu xato bo'lib chiqsa ham, masuliyat uning elkasida.

Bu Vitaliyni boshqa umuman chaqirmayman, degani emas. U hali Jahon chempionati saralashida kerak bo'lishi mumkin. Ungacha O'zbekiston terma jamoasi murabbiyi bo'lsam, albatta. (hazil)

– Bugungi tarkibga qanday xislatga ega futbolchi etishmayapti?

– Bu savolga javob berishim noto'g'ri bo'lardi. Chunki o'z shogirdlarimga nisbatan kamsitish bo'lib ko'rinadi. Hozir ixtiyorimda mavjud o'yinchilardan tarkib tuzishda davom etaman. «Men uchun eng kuchli tarkib – hozir qo'l ostimdagisi» degan tamoyilga doim amal qilaman. Yani qo'l ostimdagilar – men uchun eng zo'rlari. Ular bilan maksimum natijaga erishishga harakat qilaman.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 3
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 32