logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 14:44
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Tojikistonlik Muin Gafurov UFC'dagi ikkinchi jangini Bogdan Guskov bilan bir oqshomda o'tkazadi

 28 IYUL, 2023, 19:00

Eng engil vazn toifasida 27 yoshli tojikistonlik UFC jangchisi Muin Gafurov (18-5) ligadagi ikkinchi jangini franciyalik Teylor Lapilusga (18-3) qarshi o'tkazadi.

Bu haqda insayder Marsel Dorf xabar tarqatgan. Qayd etilishicha, mazkur jang 2 sentyabr kuni Franciya poytaxti Parijda tashkil etiladigan turnir doirasida o'tkaziladi.

Ahamiyatlisi, mazkur musobaqa doirasida O'zbekiston vakili Bogdan Guskov ham oktagonga ko'tarilishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Muin Gafurov UFC'dagi ilk jangini amerikalik Jon Kastenadaga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'lgan edi. 31 yoshli Lapilus uchun Muin Gafurov bilan jang UFC'dagi debyut bo'ladi.




Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR