logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:55
KirishA'zo bo'lish
"Milan" Meksika terma jamoasi yulduzini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

25 DEKABR, 10:28 204

.

Gollandiyaliklar esa uning uchun 40 mln evro so‘rashmoqda.

PSV klubi vingeri Irving Losano “Milan”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Tuttosport xabar bermoqda.

Unga ko‘ra “rossonerilar” 23 yoshli meksikalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar chog‘idayoq o‘z saflariga qo‘shib olishmoqchi va bu borada allaqachon uning agenti Mino Rayola bilan aloqaga ham chiqishgan.

Aytish lozimki, Losanoning eyndxovenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan. PSV esa uni 40 mln evrodan kamiga sotmoqchi emas.

Ma’lumot uchun, Losano joriy mavsum Gollandiya chempionatida jami 17ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 11ta gol hamda 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 26