logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:35
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"An-Nasr" Ronalduga Italiyadan sherik olib keladi

 28 IYUL, 2023, 17:11

31 yoshli italiyalik hujumchi Manolo Gabbyadini faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Janluka di Martsio ijtimoiy tarmoqlar orqali ma'lum qildi.

Jurnalistning so'zlariga ko'ra, "An-Nasr" Gabbyadinining xizmatlariga qiziqmoqda. Manolo yaqin kunlarda tibbiy ko'rikdan o'tishi va keyin klub bilan mehnat shartnomasini imzolashi kutilmoqda. Italiyalik futbolchining maoshi yiliga 3 million evroni tashkil qiladi.

Hujumchi o'tgan mavsumda "Sampdoriya"da o'ynagandi. U A Seriyada 35 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR