logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 23:12
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Buffon hali hamon kelajagi haqida o'ylamoqda

 28 IYUL, 2023, 17:00

Darvozabon Janluiji Buffon kelajagi haqida o'ylashda davom etmoqda. Darvozabonning B Seriyada o'ynaydigan "Parma" bilan shartnomasi tugashiga bir yil qoldi, ammo tomonlar bu yozda uni bekor qilishga tayyor.

Jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, Buffonga yaqinda Italiya terma jamoasidan ish taklif qilingan. Shu bilan birga Janluidjiga Italiyaning nomi oshkor etilmagan klubidan ham qiziqish bor.

45 yoshli Buffon so'nggi ikki mavsumni B seriyada o'tkazdi. Yaqinda Saudiya Arabistonidan bir jamoa futbolchini taklif qilmoqchi bo'lgandi, biroq italiyalik futbolchi yiliga 30 million evro maosh taklif qilinganiga qaramay, rozi bo'lmadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR