logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 19:40
KirishA'zo bo'lish
Sardor Rashidov: «Lokomotiv»da menga to'la imkon berishmadi»

25 DEKABR, 10:18 193

.

O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Sardor Rashidov Osiyo Kubogi oldidan O'FA matbuot xizmatiga bergan intervyusida so'nggi yillarda o'yinida pasayish kuzatilayotganiga izoh berib o'tdi.

– To'rt yil oldingi Osiyo Kubogida ham qatnashgansiz. Saudiya Arabistoni bilan o'yinda darvozabonning oyoqlari orasidan gol urgandingiz. Muxlislarni o'sha Sardor Rashidovni kutishyapti. Lekin oxirgi 1-2 yil «Lokomotiv»da ko'proq zaxirada qolib ketyapsiz. Bu jarohat bilan bog'liqmi yoki rostan ham o'yiningizda pasayish bo'ldimi?

– To'g'risini aytaman, «Lokomotiv»da menga yuz foizlik imkon berilgani yo'q. Bu narsani murabbiyga ham, jamoa rahbariyatiga ham aytganman – menga to'la imkoniyat berilmadi. Ikkinchidan esa, boshqa davlatdan kelganimdan so'ng o'rganish biroz qiyin bo'ldi. Chunki O'zbekistonda oxirgi marta uch yil oldin o'ynagandim. Xudo xohlasa, bu safargi Osiyo chempionatida to'rt yil oldingidan ham yaxshiroq Sardor Rashidovni ko'rishadi.

Malumot uchun, bu mavsum «Lokomotiv» safida O'zbekiston chempioni bo'lgan 27 yoshli hujumchi Superliganing 23ta uchrashuvida maydonga tushib, bir o'yinda o'rtacha 50 daqiqadan harakat qildi va 8ta gol muallifi bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, kecha BAA-2019ga yo'l oluvchi yakuniy tarkib malum qilingan edi. Ro'yxatdan Sardor Rashidov ham o'rin olgan.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 30