logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 18:46
KirishA'zo bo'lish
«Liverpul» Adidas bilan rekord miqdordagi shartnoma imzolaydi

25 DEKABR, 09:00 179

.

Adidas kompaniyasi "Liverpul" klubining texnik homiysiga aylanadi. Bu borada jamoa va kompaniya o‘rtasida muzokaralar kechmoqda.

Hozirgi paytda mersisaydliklarning texnik hamkori New Balance kompaniyasi hisoblanadi. Jamoa ushbu tashkilot formalarini kiyayotgani uchun har yili 45 mln funt sterling homiylik mablag‘ini qo‘lga kiritmoqda.

2020/21 yilgi mavsumdan boshlab esa "Liverpul" Adidas bilan hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda. Adidas "qizillar" uchun yiliga 75 million funt sterling to‘lashga va’da bermoqda. Bu APL klublari uchun rekord summa bo‘lib, "Manchester Yunayted" ham Adidas'dan shuncha summa olmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" va New Balance o‘rtasidagi shartnoma 2019/20 yilgi mavsum oxiriga qadar tuzilgan.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 24