logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:14
KirishA'zo bo'lish
APL. G‘oliblik uchun kimda imkon ko‘proq?!

25 DEKABR, 09:00 262

.

Hozirda APL da o‘yinlar qizigandan qizimoqda! Chempionlik poygasini qo‘yib turing, kuchli to‘rtlik uchun ham ayovsiz kurash ketmoqda. Bugun chempionlik poygasida kimda imkoniyat ko‘proq ekanligini chamalab ko‘ramiz. Chempionlik uchun 6 ta jamoadan boshqasida tarkib jihatdan ham, taktik jihatdan ham, hatto mantiqan hamimkon yo‘qligini APL muxlislari yaxshi bilib turishibdi. Ho‘sh, chempionik uchun kurashdagi 6 ta jamoaning imkonlarini chamalab chiqamiz

5-o‘rin «Manchester Yunayted»

To‘grisi, omadli debyutdan ruhlanib ketgan ayrim «qizil iblislar»ninig muxlislari xatto chempionlik uchun ham imkon bor deb hisoblashlari mumkin. Lekin mantiqan olib qaralsa, ularda deyarli imkon yo‘q. Sulsher Muor yo‘qotgan ochkolardan keyin buni uddalashining iloji deyarli yo‘q

4-o‘rin «Chelsi»

Ko‘pchilik Italiyalik mutaxassisdan kutgan o‘yinini Sarri ko‘rsatishga urunmoqda. Lekin birinchi mavsumninig o‘zida buni uddalash, chamamda, sigaretalar kushandasining qo‘lidan kelmasa kerak. Sababi, «Chelsi» autsayderlar bilan o‘yinlarda ortiqcha ochko yo‘qotdi. Mavsum so‘ngida esa har bir ochko oltinga teng bir paytda pastdagi jamoalardan ochko olish juda ham qiyin bo‘lib ketishini hisobga olsak, «Chelsi»da chempionlik uchun imkon juda ham kam

3- o‘rin "Tottenham» «Shpor»larda hozirda imkoniyat bordek ko‘rinmoqda. Lekin ularninig zahira o‘rindig‘i bir oz torroq. Bundan tashqari Pochettiniyo shogirttlari 3 ta frontda kurash olib borishmoqda. Yana bir katta omil «Tottenham» bosh murabiyining atrofida aylanib yurganketish haqidagi gap so‘zlar. Pochettiniyoni goh «Manchester Yunayted» jamoasiga ketadi deyishsa, goh «Real» u bilan muzokara o‘tkazmoqda degan mish-mishlar tarqaydi. Yaqinda esa Evropa OAV murabbiy va rahbariyat o‘rtasida kelishmovchilklar haqida yozgan edi. Qisqacha qilib aytganda, «Tottenhem» da kuchli 4 likka kirish imkoniyati bor, ammo, chempionlik uchun imkon juda ham kam

2-o‘rin (A variant) Arsenal Unay Emiri «Arsenal»ga yangi zamon futboli va barqarorlik olib kira oldi. Ilk mavsumninig o‘zidayoq Emiri «kononirlar»ni o‘z kuchiga ishontira oldi. Jamoa autsayderlar bilan o‘yinlarda deyarli ochko yo‘qotmayapti. Yutkazib turib ham bir necha marotaba vaziyatni o‘nglab keta oldi. Jamoada yaxshi to‘purar va fantazista bor. Eng quvonarlisi shundaki, zahira o‘rindig‘I ham juda kuchli. Asosiysi, rotasiyani Emiri o‘z ornida olib bormoqda. Ochkolar borasida ortda qolayotganiga qaramay, «Arsenal»da «Liverpul» bilan bir xil imkoniyat bor.

2-o‘rin( B variant ) «Liverpul» Klopp shogirdlari hozirda o‘tkazilgan 18 ta turdan so‘ng, «Arsenal»dan 11 ochko oldinda ketayotgan bo‘lsa ham, ularninig chempionlik poygasida inkoniyatlari «Arsenal» bilan bir xil. To‘gri, bunga ishonish qiyindek. Lekin keling, izohlab beramiz. «Liverpul» bu mavsum xohlasa-xohlamasa, Chl ga katta urg‘u beradi. Klopp jamoasi APL jamoalari orasida eng katta jismoniy kuch sarflab, g‘alaba qozonadigan jamoa hisoblanadi. Ular deyarli himoyalanishmaydi. Deyarli, to‘liq o‘yin pressing ishlatishadi. Afsuski, Klopp jamoasining zahira o‘rindig‘i u qadar kuchli emas. «Liyeverpul»ning asosiy kuchi boshlang‘ich tarkibda maydonga tushmoqda. «Liverpul» kuchli pressingga asoslangan jismoniy futbol ko‘rsatishda davom etarkan, APL ninig so‘nggi turlariga borib jismonan ancha zaiflashib qoladi. APL ning oxirgi turlarida bilasiz, kurash qanday borishini. Qisqacha qilib aytganda, bu mavsumda yengilmagan «liverpul» da imkoniyat 1- o‘rindagi jamoanikidan biroz kamroq

1-o‘rin«Manchester Siti» Hozir 2-o‘rinda borayotgan «Manchester Siti»jamoasida g‘oliblik uchun imkoniyat APL dagi jamoalarninig barchasinikidan ko‘proq. Sababi shundaki, Gvardiola o‘z jamoasining jismoniy holatiga jiddiy e’tib qaratadi. «Shaharliklar» o‘z o‘yin uslublari bilan maydonda raqiblarini charchatishadi. O‘zlari esa kuchni tejagan holdato‘p nazoratiga urg‘u berib, g‘alabalarni qo‘lga kiritishadi. Pepninig yana bir ustun tomoni shundaki, u o‘z o‘yin uslubini shogirdlariga shu qadar singitib yuborganki,«Siti» futbolchilari avtomatik ravishda kombinasiyalar ishlatishganini ko‘p bor guvohi bo‘ldik. «Shaharliklar» bu mavsum fovaritlalarbilan o‘zaro uchrashuvlarda kam ochko yo‘qotishdi. Ikkinchi davrada esa asosiy raqiblarni o‘z uylarida qabul qilishadi. Yana bir muhim faktor shundaki, Gvardiola jamoasida «Liverpul»ga nisbatan mavsum so‘ngigacha kamroq kuch ishlatishadi. Sababini yuqorida keltirib o‘tdik. «Liverpul» oxirgi 10 yilda bir necha bor chempionat davomida 1- pog‘onada borishmoqda ,ammo, so‘ngi turlardagi yo‘qotilgan ochkolar evaziga bir necha bor pand yeyishdi. Gvardiona nafaqat kuchli murabbiy, balki, yaxshi taktik hamdur. U mavsum so‘ngigacha futbolchilarining jismoniy imkoniyatlarini chamalab qo‘ygani va rotasiyadan o‘z o‘rnida foydalanayotgani finishga yaqin qolganda yaqqol sezilib qolsa, ajab emas.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 2
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 20