logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 02:59
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Barselona" 16 yoshli futbolchisining tovon pulini milliard evroga oshiradi

 2 OKTYABR, 2023, 00:24

"Barselona" yaqin orada Lamin Yamal bilan shartnoma imzolaganini e'lon qiladi.

Oldinroq Fabritsio Romano Yamalning "Barselona" bilan birinchi professional shartnomasi 3 yilga - FIFA qoidalariga ko'ra 16 yoshli futbolchi uchun maksimal kelishuv muddati bo'lishini ma'lum qilgandi.

Insayderning aniqlik kiritishicha, iyul oyida kelishuvga erishilganiga qaramay, dushanba kuni "Barselona" Yamal bilan shartnoma imzolaganini e'lon qiladi. 16 yoshli yarim himoyachining shartnomasi bo'yicha tovon puli 1 milliard evroni tashkil qiladi.

Yamal 15 yoshu 290 kunligida "Barselona" uchun birinchi o'yinini o'tkazdi va bu klubning La Liga tarixidagi eng yosh debyutantiga aylandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR