logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 21:09
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Mourino - jurnalistga: "Sen o'z ishingni qil, men o'z ishimni qilaman"

 2 OKTYABR, 2023, 00:18

"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino muxlislarning noroziligi haqidagi savolga javob qaytardi.

Olti turdan so'ng rimliklar besh ochko jamg'arib, faqat bitta g'alabaga erishgan holda 16-o'rinda bormoqda. Avvalgi o'yinda “Jenoa”dan uchralgan yirik mag'lubiyatdan so'ng (1:4) Joze Mourino jiddiy tanqidlarga uchradi.

"Frozinone" bilan uchrashuv boshlanishidan oldin jurnalistlar portugaliyalikdan muxlislarning noroziligiga munosabati qandayligini so'rashdi: "O'yin boshlanishidan oldin bunday savol berish unchalik to'g'ri yondashuv emas. Sen o'z ishingni qil, men o'z ishimni. Menimcha, bu haqda hozir gapirish o'rinli emas", - deya Mourinoning so'zlaridan iqtibos keltiradi Football Italia.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR