logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 19:37
KirishA'zo bo'lish
Messi – Evropaning top-5 chempionatlarida 6 ta ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchi

25 DEKABR, 08:45 214

.

«Barselona» sardori Lionel Messi 2018 yilda Yevropaning beshta top chempionatlarida o‘ynayotgan futbolchilar orasida bir nechta ko‘rsatkichlar bo‘yicha yetakchi bo‘ldi.

31 yoshli hujumchi yakunlanayotgan kalendar yilda hammadan ko‘p:

— gol urdi (51ta);

— golli uzatmani amalga oshirdi (28ta);

— muvaffaqiyatli aldab o‘tishni amalga oshirdi;

— jarima zarbasidan gol urdi;

— jarima maydonchasi tashqarisidan gol urdi;

— golli vaziyatlar yaratdi.

Shu bilan birgalikda, argentinalik futbolchi 2018 yilda 3 hafta mobaynida turli sabablarga ko‘ra o‘yinlarni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2018 yilda o‘z hisobiga 46ta gol yozdi. Ushbu yil oxiriga qadar "Yuve" Italiya A seriyasi doirasida yana 2ta o‘yin o‘tkazishini ta’kidlash lozim.

Faktlar:

— Messi ushbu mavsumda «Barselona» safida barcha musobaqalar doirasida 20ta o‘yinda maydonga tushib, 21ta gol urdi va 12ta golga uzatma berdi.

— Avvalroq hujumchi 2018 yilning eng yaxshi to‘purari sifatida «Oltin butsa» sovrinini faoliyati davomida beshinchi marta qabul qilib oldi.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 3
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 25