logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:15
KirishA'zo bo'lish
Li Don Guk: "Hozirgi O‘zbekston termasi - "Oltinavlod"

25 DEKABR, 07:10 227

.

"Chonbuk Xyonde Motors" klubi futbolchisi, Janubiy Koreya terma jamoasining afsonaviy hujumchisi Li Don Guk O‘zbekston terma jamoasining hozirgi avlodi haqida fikr bildirdi.

"Osiyo kubogida hammani ajablantirishi mumkin bo‘lgan terma jamoa - O‘zbekiston. Ular birga o‘sdilar, yoshlikdan yelkama yelka o‘ynab kelganlar, ularning o‘zaro yaxshi tushunishlari ko‘p terma jamoalar uchun hafvli bo‘lishi mumkin", - deya Osiyo kubogi rasmiy saytiga intervyu beradi Li Don Guk.

Li Don Guk yana qo‘shimcha qiladiki, u o‘zbekistonliklarning oxirgi Osiyo o‘yinlarida kuzatgan kuzatgan va juda yaxshi taassurot olgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo o‘yinlarida yarimfinalida Janubiy Koreyaga 3:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan. O‘zbeklar hal qiluvchi golni 118 daqiqada penaltidan o‘tkazib yuborgan edilar.

Shu yilning 20 noyabr kuni J. Koreya terma jamoasi Avstraliyada o‘tgan o‘rtoqlik o‘yinida O‘zbekiston terma jamoasini 4:0 hisobida yutgan eedi.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 23