logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 06:23
KirishA'zo bo'lish
Agentlar 6 yilda 2,14 mlrd. dollar ishlab topishdi...

25 DEKABR, 06:49 172

.

FIFA vositachilar, ya’ni agentlarning 2013 yildan to hozirga qadar xalqaro transferlar orqali qancha daromad olishgani haqidagi hisobotni e’lon qildi. Bu ro‘yxatdagi raqamlar ko‘pchilikni qiziqtirishi shubhasiz.

Ishtaha karnay-ku!

FIFA hamda UYEFAning deyarli barcha dokladlarida klublar xarajati oshgani qayd etilmoqda - maoshlar, transferlar, mukofot pullari. FIFAning vositachilar bilan bog‘liq hisoboti esa bunga moyillik qanday holatda ekanini yana bir karra ko‘rsatdi. 2013 yildan buyon faqatgina klublarning o‘zi agentlarga 2,14 milliard dollar (futbolchilarning qancha to‘lashgani hisobga olinmagan) to‘lagan. Vaholanki, besh yil avval vositachilar umumiy hisobda 218 million ishlashgan, 2018 yilda esa bu ko‘rsatkich 548 millionni tashkil etgan. FIFA vakillarining ta’kidlashlaricha, mazkur summa yana oshishi mumkin, zero yil yakunlanishiga yana biroz muddat bor.

Futbolchilar uchun vositachilar muhim

FIFA futbolchilar agentlarini vositachilarga tenglashtiryaptimi, demak bu masalaning mantiqiy sababi bor. Ammo uni esga solish maqsadga muvofiq. So‘nggi olti yilda FIFA 86 mingta transferni qayd etgan, ulardan deyarli 17 mingtasi kamida bir nafar vositachi (yo futbolchining, yo xaridor klubning yoki sotuvchi klubning agenti) ishtirokida o‘tkazilgan. 12 yarim ming nafar futbolchi muzokaralar o‘tkazishga o‘z vakillarini jo‘natishgan, klublar esa chetdagi ko‘makka kamroq murojaat etishgan.

Daromadning «qaymog‘i» - hammaga ham emas

Yuqorida qayd etilgan 2,14 milliard dollarning yarmidan ko‘pi amalga oshirilgan transferlarning atigi 6 foiziga to‘g‘ri kelgan. Aynan qaysi kelishuvlar ekani ko‘rsatilmagan. Biroq mazkur holatda taxmin qilish qiyin emas: misol uchun, Pol Pogbaning «Yuventus»dan «Manchester Yunayted»ga o‘tishi (AS nashrining ta’kidlashicha, fransiyalik yarim himoyachining agenti Mino Rayolaga ushbu transferdan 20 million yevro ulush tekkan) yoki Neymarning «Barselona»ni «PSJ»ga almashtirishi (A Bola nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, maslahatchi Pini Zaxavi hamda futbolchining otasi 36 million yevroni o‘zaro bo‘lishib olishgan) shular jumlasidan. Ma’lumki, Yer sayyorasi aholisining faqatgina bir foizi jahon kapitalining katta qismiga egalik qiladi. Shunga o‘xshash holatni futbol transferlarida ham ko‘rish mumkin.

Rossiya klublariga vositachilar shartmas

FIFA hisobotida ruslar o‘lkasi faqat bir marta tilga olingan - 2018 yili mamlakatlarga to‘langan rag‘bat pullari. Angliyaning mazkur reyting-da yetakchilik qilayotgani hayron qolarli holat emas - yanvardan dekabrga qadar tumanli o‘lka klublari vositachilar g‘aznasini 155 million dollarga boyitishgan. Aynan Britaniya orolidagi klublar vakillar yor-damiga boshqalarga qaraganda ko‘proq murojaat etishadi. Rossiya - o‘ninchi o‘rinda, uning ortida Braziliya, Xorvatiya va Daniya bormoqda. Joriy yil rus klublari vositachilar ishtirokida yettita xaridni amalga oshirishgan bo‘lsa, atigi bitta holatda futbolchini xorijga sotishgan (tabiiyki, Rossiya termasi a’zosi Aleksandr Golovinning SSKAdan «Monako»ga o‘tgani nazarda tutilmoqda).

Ayollar futboli

Bu yil FIFA ayollar futboli bo‘yicha ham ma’lumotlar yig‘ishni boshladi. U yerdagi raqamlar ancha kamtarona: bir yilda bor-yo‘g‘i 695ta transfer, shulardan 24tasi vositachilar ishtirokida o‘tkazilgan. Mukofot pullari ham erkaklar futboliga solishtirganda ancha kulgili tuyulishi aniq - 80 mingdan kamroq. O‘z navbatida, foiz hisobida olganda, ayol futbolchilar transferiga agent-larni jalb etish holati futbolchilarning boshqa klubga o‘tish holatiga qaraganda ko‘proq - 45,5 ga qarshi 29,3 foiz.

Agentlarning ulushi

Yil Summasi

(million dollar)

2013 218

2014 241

2015 298

2016 387

2017 447

2018 548
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 18