logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:16
KirishA'zo bo'lish
OFK Prezidenti O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasini kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabrikl

24 DEKABR, 22:34 174

.

O‘zbek futbolida yorqin voqea va hodisalarga boy bo‘lgan 2018 yil ham sekin-asta o‘z poyoniga etib bormoqda.

Ortda qolayotgan yil mobaynida O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi yurtimizda futbolni rivojlantirishga qaratilgan bir qancha loyiha va dasturlarni amalga tatbiq etdi.

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Prezidenti Shayh Salmon bin Ibrohim al Halifa O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasiga Yangi yil bayrami munosabati bilan maktub yo‘llab, yangi yilda va yaqinlashib kelayotgan Osiyo Kubogida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.

E’tiboringizga xat matnini havola etamiz:

“Osiyo Futbol Konfederatsiyasi nomidan O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi ahil jamoasiga baxtli va omadli Yangi yil tilashga ijozat bergaysiz.

Birdamlik va barqarorlik evaziga 2018 yilda ham Osiyo futbolining maydon ichida va uning atrofida ham olg‘a intilib, yangi marralarni zabt etayotganiga guvoh bo‘ldik.

Endilikda men Birlashgan Arab Amirliklari maydonlarida o‘tadigan Osiyo Kubogi bilan boshlanadigan yangi 2019 yilni yanada intiqlik bilan kutyapman.

Sizga baxt va omad tilayman.

Eng iliq tilaklar bilan

Shayh Salmon bin Ibrohim al Halifa".
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 2
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 34