logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:15
KirishA'zo bo'lish
Grizmann, Godin va Koke Ernandesni "Atletiko"da qolishga ko‘ndira olmadi

24 DEKABR, 22:07 408

.

Madridning "Atletiko" klubi himoyachi Lukas Ernandes bilan yangi shartnoma imzolash borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "matraschilar" rahbariyati va bosh murabbiy Diego Simeonening shaxsan o‘zi frantsiyalik futbolchi bilan La Liga 17-turi doirasida "Espanol"ga qarshi uchrashuvdan oldin muzokaralar o‘tkazgan.

Muzokara jarayonida Antuan Grimann, Diego Godin va Koke singari etakchi futbolchilar ham ishtirok etishib, 22 yoshli futbolchini jamoada qolishga ko‘ndirishga harakat qilishgan. Ammo bu ham samara bermagan.

"Atletiko"dagilarning fikricha futbolchi shu yo‘l bilan uchinchi tomonga bosim o‘tkazmoqda.

Ma’lumot uchun, Lukas Ernandes "Atletiko" tarbiyalanuvchisi sanaladi va 2014 yildan buyon asosiy jamoada to‘p surib kelmoqda.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 4
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 35