logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:58
KirishA'zo bo'lish
Reklamalar uchun uzr so`raymiz,
Saytga a`zo bo`lsangiz reklamalar ko`rinmaydi!
Alissonning qadami qutlug' keldi: u «Liverpul» rekordchisiga aylandi

 10 DEKABR, 22:01 177

«Liverpul» darvozaboni Alisson o'z klubi rekordchisiga aylandi, deb xabar bermoqda Sky Sports.

Gap shundaki, braziliyalik posbon jamoaga qo'shilganidan buyon APLning 16ta o'yinida maydonga tushdi va hali biror marta mag'lubiyatga uchragani yo'q. U «qizillar» debyutanti sifatida eng uzoq vaqt Premer-ligada mag'lublik nimaligini bilmay kelayotgan futbolchi bo'lib turibdi.

Qayd etilishicha, Alisson ayni ko'rsatkich bo'yicha himoyachi Xaver Maskeranoning ko'rsatkichini yaxshilagan. Argentinalik futbolchi 2007 yilda APLdagi dastlabki 15ta o'yinida yutqazmagan.

Eslatib o'tamiz, mersisaydliklar ushbu posbonni shu yil yozda «Roma»dan 62,5 mln evroga xarid qilishdi. Alisson hozirga qadar jami 21 o'yinda jamoa darvozasini himoya qilib, 13 marta to'p o'tkazib yubordi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 1 / 36