logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:58
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Chelsi" futbolchisi 4 haftaga safdan chiqdi

 29 SENTYABR, 2023, 16:12

"Chelsi" himoyachisi Ben Chiluell jarohati sabab 4 haftagacha maydonga tusha olmaydi. Bu haqda Evening Standard nashri xabar bermoqda.

Avvalroq, angliyalik futbolchi Liga kubogining 3-turi doirasidagi "Brayton"ga (1:0) qarshi o'yinda tizzasidan jarohat olgani haqida xabar berilgandi.

Joriy mavsumda 26 yoshli Chiluell "ko'klar" safida 7 ta o'yin o'tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Chelsi" navbatdagi o'yinini 2 oktyabr kuni “Fulxem”ga qarshi o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR