logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 00:32
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Jeyms o'ziga qo'yilgan ayblovlarni tan olishi mumkin

 29 SENTYABR, 2023, 16:06

"Chelsi" himoyachisi Ris Jeyms Angliya futbol assotsiatsiyasi tomonidan unga qo'yilgan ayblovlarga rozi bo'ladi. Bu haqda jurnalist Nizar Kinsella xabar bermoqda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Jeyms "Aston Villa"ga (0:1) qarshi APLning 6-tur uchrashuvida rasmiy shaxsga nisbatan qo'pol munosabatda bo'lganlikda ayblangani haqida xabar berilgandi. Taxminlarga ko'ra, angliyalik futbolchi ma'lum miqdordagi o'yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Jeyms ayni damda jarohatidan forig' bo'lmoqda. Joriy mavsumda 23 yoshli himoyachi “Chelsi” safida bitta o'yin o'tkazib, birorta ham gol ura olmadi.

“Ko'klar” navbatdagi o'yinini 2 oktyabr kuni “Fulxem”ga qarshi o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR