logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:50
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Xanchjou-2022'da ettinchi oltin! Qilichbozlarimizdan tarixiy chempionlik!

 29 SENTYABR, 2023, 15:54

Qilichbozlikning sablya yo'nalishi bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasidan ajoyib g'alaba.

Hamyurtlarimiz shiddatli ruhda kechgan final jangida yaponiyalik raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, Osiyo o'yinlari chempioniga aylanishdi.

Jang davomida tomonlar hisobda quvlashmachoq o'ynashdi. Jang so'ngida 17 yoshli zaxira sportchimiz Luiza Errera Lara jamoamizni 3 ochko oldinga o'tib olishini ta'minladi. Yakuniy nuqtani esa Zaynab Dayibekova qo'ydi — 45:42!

Bu qilichbozlik sportida Osiyo o'yinlarida qo'lga kiritilgan birinchi oltin medal. Barakalla, qizlar!

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR