logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 11:48
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Osimxen uchun 200 million to'lashga tayyor jamoa bor

 29 SENTYABR, 2023, 13:30

Nigeriyalik markaziy hujumchi Viktor Osimxen Italiya A Seriyasini Saudiya Arabistoni chempionatiga almashishi mumkin, deya xabar beradi DeadlineDayLive.

Manbaning xabariga ko'ra, "Al-Hilol" rahbariyati "Napoli" hujumchisi bilan shartnoma imzolashdan manfaatdor. Saudiya klubi futbolchi uchun 200 million evro to'lashga tayyor.

"Al-Hilol" Viktorning o'ziga mavsumiga 50 million maosh bilan 5 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor.

Italiya chempionatining joriy mavsumida Osimxen oltita o'yin o'tkazib, to'rtta gol urdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR