logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 20:39
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Barselona" Yamal bilan qachon yangi shartnoma imzolashi ma'lum bo'ldi

 29 SENTYABR, 2023, 13:18

Kataloniyaning “Barselona” klubi qanot hujumchisi Lamin Yamal bilan shartnomani qachon uzaytirishi ma'lum bo'ldi. Jurnalist Fabritsio Romanoning xabariga ko'ra, "blaugrana" yosh iqtidor egasi bilan shartnoma uzaytirilganini 2 oktyabr kuni e'lon qiladi.

"Barselona" allaqachon ushbu sana uchun muxlislar tashrif buyurishi mumkin bo'lgan rasmiy tadbirni rejalashtirgan. Prezident Joan Laporta an'anaga ko'ra marosimda ishtirok etadi va Yamal bilan shartnomaning yangilanishiga izoh beradi.

Lamin Ispaniya chempionatida 7 ta o'yin o'tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. O'tgan yozda futbolchiga "Manchester Siti" qiziqish bildirgandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR