logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:53
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Simeone Karrasko o'rnini kim bilan to'ldirishini aytdi

 29 SENTYABR, 2023, 13:06

Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diego Simeone jamoa yarim himoyachisi Samuel Linoga yuqori baho berdi. Argentinalik mutaxassis yozda ketgan Yannik Karrasko o'rnini aynan braziliyalik futbolchi to'ldirganini ta'kidladi.

“Biz Lino Karraskoning o'rnini bosishi mumkinligini bilardik. Tarkibimizda Samueldek futbolchi borligidan xursandmiz. Lino gol va golli uzatmalarni amalga oshira oladigan futbolchi. Biz undan ko'proq gol urishini talab qilamiz", - dedi Simeone matbuot anjumanida.

Yangi mavsumda Lino Ispaniya chempionatida to'rtta o'yinda ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. 23 yoshli braziliyalik futbolchi "matraschilar" safida ilk mavsumini o'tkazmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR