logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:09
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Alonsonining "Barselona"da obro'si baland

 29 SENTYABR, 2023, 13:00

"Barselona" himoyachisi Markos Alonso jamoada katta obro'ga ega. Jurnalist Ivan San Antonioning fikricha, o'yin amaliyoti kam bo'lishiga qaramay, ispaniyalik futbolchi kiyinish xonasida etakchilardan biri hisoblanadi.

Manba, shuningdek, Alonso yosh futbolchilarga o'rnak bo'layotganini ham aniq aytib o'tgan. Markos kiyinish xonasida nutq so'zlasa, hamma uni diqqat bilan tinglaydi. Bosh murabbiy Xavi Ernandes ham ispaniyalikning ish uslubidan juda mamnun.

Eslatib o'tamiz, Alonsoning "Barselona" bilan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi. U 2022 yilning yozidan buyon jamoada o'ynamoqda, u Londonning "Chelsi" klubidan erkin agent sifatida ko'chib o'tgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR