logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:03
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Yorqin Nazarov: «Yaxshi o'ynay olmadik»

 28 SENTYABR, 2023, 23:42

Superliga 20-turidan o'rin olgan «Navbahor» – «Turon» (5:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Yorqin Nazarov o'z fikrlarin bildirib o'tdi.

«Navbahor» Superligada chempionlik uchun kurashmoqda, biz esa ligada jon saqlash uchun. Bugun yaxshi o'ynay olmadik.

Jumanqo'ziev jarohat oldi va shu sabab uni zaxiraga oldim. Bugun yangi futbolchilarga ham imkoniyat berdik. «Turon»da vaziyat qiyin, ammo umid qilamanki, barchasi o'tib ketadi. Chempionatning oxirgi turigacha harakat qilamiz.

«Turon» kelgusida yosh futbolchilarni tarbiyalab, kuchli jamoalarga etkazib berishni reja qilmoqda. Hozirdan yosh futbolchilarni ko'rib chiqishni boshlaganmiz”, – dedi Nazarov.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR