logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 23:29
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Samvel Babayan: «Shuncha g'alabasiz seriyadan keyin bugun yutmasak bo'lmasdi»

 28 SENTYABR, 2023, 23:42

Superliga 20-turida o'z uyida «Turon»ni mag'lub etgan «Navbahor» klubi bosh murabbiyi Samvel Babayan g'alab haqida fikr bildirdi.

«Bugun shuncha g'alabasiz seriyamizdan keyin yutmaslikning iloji yo'q edi. So'nggi o'yinlarda charchoq va boshqa sabablarga ko'ra chempionatdagi raqiblarimizga juda ko'p ochkolar sovg'a qilib yubordik. Shu bois, bugun g'alaba qozonishimiz shart edi. Yigitlarga o'yin uchun rahmat. Muxlislarga esa alohida rahmat», - dedi Babayan.

«Jamoamiz muxlislariga OChLdagi bahsda stadionga kelib bizni qo'llab-quvvatlashlarini so'rayman. Jamoaga kelganimda OChLda ishtirok etishimizni niyat qilgandim. Mana, niyatimizga erishdik.  Bizni qo'llab-quvvatlashda davom etishadi deb umid qilaman».

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR