logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 22:16
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Benfika" futbolchisiga APL va A Seriya klublari qiziqish bildirishmoqda

 28 SENTYABR, 2023, 23:12

"Benfika" vingeri David Neres yanvar oyida Angliya yoki Italiyaga ko'chib o'tishi mumkin.

Jurnalist Ekrem Qo'ng'irning ma'lumotiga ko'ra, Evropaning turli klublari skautlari braziliyalik futbolchining o'yinini diqqat bilan kuzatib borishmoqda, Angliya Premer-ligasi va A Seriyasi vakillari 26 yoshli futbolchiga asosiy da'vogarlar sifatida ko'rilmoqda. Qiziqish bildirayotgan klublarning nomi hozircha oshkor etilmagan. Potentsial qishki transfer narxi 35 million evroga baholanmoqda.

Joriy mavsumda David Neres "Benfika" safida barcha musobaqalarda 7ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol va 3ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 25 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR