logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:39
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

«Real» «Atletiko» muxlislari tomonidan haqorat qilingan qizni «Santyago Bernabeu»ga taklif qildi

 28 SENTYABR, 2023, 23:12

«Real» «Atletiko» muxlislari tomonidan haqorat qilingan qizni qo'llab-quvvatladi.

La Liganing 6-turidan o'rin olgan Madrid derbisi oldidan «matraschilar» muxlislari «Real» vingeri Vinisius Juniorning libosini kiygan qora tanli ayol va uning farzandiga hujum qilgani xabar qilingandi. Muxlislar ayolga nisbatan haqoratlar ishlatgan. Jabrlanuvchilar qo'rquvdan yig'lab yuborgan.

8 yoshli qizning ammasi jiyaniga o'ldirish bilan bog'liq tahdidlar bo'lgani va uni «maymun» deb atashganini ta'kidlaydi.

«Real» qizni va uning oilasini «Las-Palmas»ga qarshi bahsga (2:0) taklif qilgan. Muxlislar Madrid klubining bir necha futbolchisi va prezident Florentino Peres bilan ko'rishishga muvaffaq bo'lgan. Shuningdek, qizga futbolchilarning dastxatlari tushirilgan libos ham sovg'a qilingan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR