logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:28
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Xavi: "Sevilya"ga qarshi bizni og'ir o'yin kutib turibdi"

 28 SENTYABR, 2023, 23:00

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi La Liganing juma kuni bo'lib o'tadigan "Sevilya"ga qarshi o'yin oldidan fikr bildirdi.

"Sevilya" bilan o'yin og'ir va juda qiyin bo'ladi. Lekin biz o'z uyimizda o'ynaymiz. Bizga o'z yo'limizga qaytish uchun muxlislarimiz va atmosfera kerak.

O'tgan mavsumda biz ajoyib himoyalandik, ammo hozir bunday emas. Biz chempionlikni qo'lga kiritishimiz uchun o'tgan mavsumdagi muhitni yaxshilashimiz va qaytishimiz kerak", - dedi Xavi "Barselona" matbuot xizmatiga.

"Barselona" - "Sevilya" uchrashuvi 29 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:59da boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, seshanba kuni "Barselona" "Malorka"ni mag'lub eta olmadi - 2:2.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR