logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 11:08
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Hakimiy "PSJ"ni tark etish niyatida emas

 28 SENTYABR, 2023, 23:00

"PSJ"ning o'ng qanot himoyachisi Ashraf Hakimiy klubdagi vaziyatdan mamnun.

Mish-mishlar 24 yoshli futbolchining ketishi mumkinligi aytilgan va "Real Madrid" himoyachi uchun da'vogarlar qatoriga kiritilgan.

Le Parisien nashrining yozishicha, Hakimiy Parijni tark etish niyatida emas va hozirgi vaziyatdan to'liq mamnun. Marokashlik futbolchi Luis Enrike qo'l ostida ishlashni yoqtiradi, bu esa unga ishonch bag'ishlaydi.

Ashraf Hakimiyning "PSJ" bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 65 million evroga baholamoqda. Joriy mavsumda marokashlik himoyachi ettita uchrashuvda raqiblar darvozasiga uch marta aniq zarba berdi.

 

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR