logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 08:17
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Saudiya klubi Mxitaryanga katta shartnoma taklif qildi

 28 SENTYABR, 2023, 22:54

"Inter" yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan Saudiya Arabistonidan tushgan foydali taklifni rad etdi.

34 yoshli futbolchining agenti bilan yaqinda Saudiya klubi vakillari bog'lanib, ular yarim himoyachining hozirgi maoshini ikki barobarga oshirishga tayyor ekanliklarini ma'lum qilishgani haqida FcInterNews nashri xabar bermoqda.

Mxitaryan bu taklifni ko'rib chiqishni istamadi, chunki u Evropani tark etishni istamaydi va "Inter"dagi pozitsiyasidan to'liq qoniqadi. Kelasi yil boshida "neradzurrilar" rahbariyati futbolchi bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib borishi kutilmoqda.

Genrix Mxitaryan joriy mavsumda 7 ta o'yinda 2 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR