logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:03
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"PSJ"ning sobiq ustozi jinsiy zo'ravonlikda ayblanmoqda

 28 SENTYABR, 2023, 22:36

"PSJ" ayollar jamoasining sobiq bosh murabbiyi Dide Olle-Nikol jamoaning sobiq hujumchisi Kadidiatu Diani sudga bergan da'vosi ortidan jinsiy zo'ravonlik ayblovlari bo'yicha dastlabki tergov mavzusi bo'ldi.

Le Parisien nashrining yozishicha, Diani o'tgan yilning iyun oyida sudga murojaat qilgan. Shikoyatda aytilishicha, Olle-Nikol jamoa futbolchilariga nisbatan bir nechta nomaqbul harakatlarga yo'l qo'ygan. Xususan, Diani 2021 yilda, Olle-Nikol avtobusga chiqish vaqtida bir nechta ayol futbolchining badanlariga tegingan. Yana bir voqeada Dianining o'zi ham o'yinning tanaffus vaqtida murabbiy uning ketlarini ushlagan.

"PSJ" sobiq bosh murabbiyining advokati Giyom Traynar ayblovlarni "fantastik" deb hisobladi va tuhmat bo'yicha sudga da'vo qo'zg'atishni istisno qilmadi. 62 yoshli Olle-Nikol 2021/22 yilgi mavsumda “PSJ”ni boshqargan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR