logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:56
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Maydon.net - Sport yangiliklari!
Uzfutbol.net - Futbol yangiliklari (live)
Istefosidan keyin multimillionerga aylangan 5 murabbiy

 24 DEKABR, 20:17 361

.

Yildan yilga murabbiyning faoliyati jamoaning sovrinlarni qo'lga kiritishida muhim aspektlardan biriga aylanmoqda.

Murabbiylar futbolchilarni endi nafaqat jismoniy tomondan, balki taktik hamda ruhiy taraflama va boshqa jihatlar bo'yicha ham tayyorlashi kerak. Kim yaxshi ishlasa, jamoasiga yaxshi transfer qila oladi.

Umuman olganda top-murabbiy top-futbolchidan ajralib turadi. Va ular futbolchilardan kamroq maosh olishadi. Albatta, maydonga tushib, yuguradigan futbolchi reklamachilarga ham qiziqroq.

Ammo murabbiylarda ham jek-potlar bo'ladi. Buning uchun jamoa rahbariyati murabbiyni muddatidan ancha avval istefoga chiqarishi kerak. Bunday holat yaqindagina sodir bo'ldi. Istefoga chiqqani uchun Joze Mourino "Yunayted"dan 22,5 million funt ishlab oldi.

Quyida shunday yuqori kompensaciya pulini olgan 5 murabbiy haqida gaplashamiz.

FABIO KAPELLO - 11 million funt

Italiyalik mashhur mutaxassis shu yilning aprelida faoliyatini yakunladi va nafaqaga chiqdi. U 2015 yilda Rossiya termasidan istefoga chiqqanidan keyin ertaknamo pulni qabul qilib oldi. RFI rahbarlari terma Evro-2016 saralashidan o'ta olmaslik xavfi borligi bo'lishi bilanoq murabbiyga javob berdi.

Bungacha Kapello qo'l ostidagi Rossiya JCH-2014 guruh bosqichida Janubiy Koreya, Belgiya va Jazoir termalari bilan bahslarda g'alabaga erisha olmadi va 2 durangni qayd etdi. Ushbu holatlarni hisobga olgan holda RFI rahbarlari murabbiy bilan tuzilgan uzoq muddatli shartnomani bekor qildi va italiyalik mutaxassisga 11 million funt to'lab berdi.

Rossiya termasiga qadar Kapello "Milan", "Roma", "Yuventus" va "Real"da ajoyib faoliyat olib borgandi. Biroq u Rossiya termasidan ketganidan keyin 2 yil vaqt davomida ishsiz yurdi.

2017 yilga kelib, u "Jiangsu Suning" jamoasi boshqaruvini o'z qo'liga oldi. Moliyaviy holat yaxshi bo'lmasa-da, Kapello bu klubda yaxshi ishladi. Ammo 2018 yilning mart oyida klub menejmenti bilan kelisha olmagan murabbiy istefoga chiqdi. Oradan bir oy o'tib, u futboldagi faoliyatini yakunlaganini elon qildi.

ANDRE VILLASH-BOASH - 12 million funt

Joze Mourinoning "Portu", "CHelsi" va "Inter"dagi yordamchisi 2009 yildan boshlab o'zi mustaqil ishlamoqchi bo'ldi.

2011 yilning may oyida Villash-Boash qo'l ostidagi "Portu" Evropa ligasi sovrinini qo'lga kiritdi. Bu esa mutaxassisga top-jamoalardan qiziqishlarni kuchaytirib yubordi. Murabbiy uchun kurashda "CHelsi" g'olib bo'ldi. Murabbiy 2011 yilning yozida londonliklar bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekdi.

Biroq murabbiyning "CHelsi"dagi faoliyati bir mavsumga ham etmadi. Yoqimsiz natijalar sababli klub rahbariyati murabbiyni 2012 yilning martida istefoga chiqardi. Mutaxassis esa 12 million funt ishlab oldi. Bunda Abramovich anchagina qimmatga tushdi. Murabbiyni olib kelish uchun u "Portu"ga 13,3 million funt to'lagandi.

Hozirgi vaqtda Villash-Boash ishsiz yuribdi. Uning so'nggi jamoasi "SHanxay SIPG" bo'lgandi. U bu klubni noyabr oyida tark etgandi.

LUIS FELIPE SKOLARI - 12,6 million funt

Skolarining eng yorqin natijasi 2002 yilda Braziliya termasida bo'lgandi. O'shanda u jamoani JCH g'olibiga aylantirgandi. SHundan keyin mutaxassis 2003-2008 yillar davomida Portugaliya termasida faoliyat olib bordi. Uning xizmatlariga "CHelsi"ning xo'jayini Roman Abramovich qiziqish bildirdi.

2008 yilning iyulida Skolari London jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Biroq fevral oyida u erdan istefoga chiqarildi. Buning asosiy sababi - yoqimsiz natijalar. "CHelsi" uzoq yillik shartnomani bekor qilgani uchun murabbiyga 12,6 million funt to'lab berdi.

Skolari "CHelsi"dan keyin "Bunyodkor"da ishladi. Toshkent jamoasidan ketib, "Palmeyras", Braziliya termasi, "Gremio" va "Guanjou Evergrand"da faoliyat olib bordi. Ayni damda 70 yoshli murabbiy futbolda o'zining yuqori mavqesiga ega. U "Palmeyras"ni boshqarmoqda. U boshchiligidagi jamoa o'tgan mavsumda Braziliya chempioni bo'ldi.

LORAN BLAN - 17 million funt

Franciya termasi tarixidagi eng yaxshi himoyachilardan biri jamoa bilan birgalikda ko'plab sovrinlar qo'lga kiritdi. Blan murabbiylik faoliyatini 2007 yil "Bordo"da boshladi va 2009 yilda jamoani Franciya chempioniga aylantirdi.

2010-2012 yillarda esa u Franciya termasini boshqardi va Evropa chempionatidan keyin u erdan ketdi. Oradan bir yil o'tib, Blanga PSJdan rad etib bo'lmas taklifni qabul qildi.

Milliy chempionatda Blan boshchiligidagi PSJ ketma-ket uch marta Franciya chempionligini qo'lga kiritdi. 2016 yilning boshida esa rahbariyat mutaxassisga yana bir rad etib bo'lmas 4 yillik shartnoma taklif qildi. Biroq yozda rahbariyat ECHLdagi vazifa bajarilmagani uchun murabbiyni ishdan ketkazdi. Murabbiyning istefosi esa PSJga 17 million funtga tushdi. 2016 yilning yozidan buyon Loran Blan ishsiz yuribdi.

JOZE MOURINO - 18 va 22,5 million funt

Rekord darajada kompensaciya pulini qabul qilib olgan murabbiy Joze Mourino hisoblanadi. 2007 yilning sentyabr oyida Roman Abramovich uzoq muddatli shartnomani bekor qilgani uchun portugaliyalik murabbiyga 18 million funt to'lab bergan.

Bu esa Abramovichga Mourinoni 2013 yilda jamoaga yana bir bor taklif qilishga halaqit qilmadi. SHundan keyin 2015 yilda murabbiy istefoga chiqdi va 8,3 million funt ishlab oldi.

Keyinchalik, aniqrog'i 2016 yilda "Manchester Yunayted"da ish boshladi va jamoa bilan 2 yillik shartnoma tuzdi. Uning qo'l ostidagi jamoa ilk mavsumda Evropa ligasini qo'lga kiritdi. Keyingi mavsum esa 2-o'rin. SHundan keyin u MYU bilan shartnomasini 2 yilga uzaytirdi. Ammo...

Ammo ishlar ortga ketdi. Murabbiyning "avtobus"i jamoaga mos tushmadi. Yoqimsiz natijalar, ko'plab o'tkazib yuborilayotgan gollar rahbariyatning "medasiga tegdi" va Mourinoga chiqish eshiklari ko'rsatildi. Mankunianliklar rahbariyati murabbiyga 22,5 million funt to'lab berdi.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR