logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:33
KirishA'zo bo'lish
Fekir xizmati «Real»ga taklif qilindi

24 DEKABR, 19:38 250

.

«Lion» hujumchisi Nabil Fekir faoliyatini Ispaniya Primerasida davom ettirishi mumkin.

Marca xabariga ko'ra, 25 yoshli futbolchining xizmati «Real» klubiga taklif qilingan. Uning «Lion» bilan imzolagan shartnomasi 2020 yilgacha amal qiladi.

«Lion» klubi Fekirni yozda sotishga urinib ko'radi. Chunki «to'quvchilar» asosiy tarkib etakchisi xizmatidan Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o'rin olgan «Barselona»ga qarshi bahsda foydalanishni ko'zlamoqdalar.

Avvalroq, Fekir xizmatiga «Barselona», «Bavariya» va «Chelsi» klublari qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Joriy mavsumda futbolchi FranTsiya chempionatida 12ta o'yin o'tkazib, 4ta gol urgan va 2ta golga hammualliflik qilgan.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 30